Umumta'lim maktablari uchun dars jadvali generatori

Maktab dars jadvalini bir necha daqiqada tuzing

Tarifikatsiya Excel faylini yuklaysiz — JADVALCHI o'qituvchi, sinf va xona bir vaqtda ikki joyga tushmaydigan haftalik jadvalni o'zi tuzadi. Siz faqat ko'rib chiqasiz va chop etasiz.

Hozircha bepul Tasdiq kutilmaydi O'rnatish shart emas

Zavuchning eng og'ir haftasi endi bir kechada tugaydi

Har yili avgustda jadval qog'ozda, Excel'da, uzun kechalarda tuziladi. Keyin sentabrda xatolar chiqadi. JADVALCHI bu ishni boshqacha qiladi.

Qo'lda tuzilganda

  • Bir necha kun, ba'zan haftalarHar sinf, har o'qituvchi alohida qog'ozda tekshiriladi.
  • To'qnashuv keyin topiladiBitta o'qituvchi bir soatda ikki sinfda — birinchi haftada bilinadi.
  • Tarifikatsiya qo'lda sanaladiSoatlar normaga mos kelmasa, hech kim darhol sezmaydi.
  • Bitta o'zgarish — hammasi qaytadanBir o'qituvchi ketsa, butun jadval qayta chiziladi.

JADVALCHI bilan

  • Bir necha daqiqaMa'lumot bir marta kiritiladi, jadvalni generator tuzadi.
  • To'qnashuv bo'lishi mumkin emasTizim uni saqlashga ruxsat bermaydi — bu baza darajasida kafolatlangan.
  • Norma avtomatik tekshiriladiExcel'dagi soatlar har sinf va fan bo'yicha solishtiriladi.
  • Darsni surib qo'yasizSichqoncha bilan boshqa soatga — mumkin bo'lmagan joy qizil ko'rinadi.

O'zbekiston maktabi qoidalari bilan qurilgan

Chet el dasturlarini moslashtirish shart emas. Tarifikatsiya, smena va guruhga bo'linish — hammasi bizdagi tartibda.

Tarifikatsiyadan to'g'ridan-to'g'ri

Tuman bo'limidan keladigan Excel faylni yuklaysiz. Bosqich va fan bo'yicha soatlar o'zi o'qiladi.

1 va 2-smena

2-smena 1-smena tugagach boshlanadi. O'qituvchi ikkala smenada ishlasa ham to'qnashuv bo'lmaydi.

Guruhga bo'linadigan fanlar

Ingliz tili, informatika, texnologiya — 25+ o'quvchili sinfda ikki guruh, ikki o'qituvchi bir vaqtda.

Og'ir fanlar ertalab

Matematika, fizika, kimyo birinchi soatlarga qo'yiladi. Bir kunda bir fan haddan ortiq takrorlanmaydi.

O'qituvchi bo'sh kunlari

"Juma kuni dars bermayman" — belgilab qo'yasiz, generator o'sha kunga uning darsini qo'ymaydi. "Oyna"lar ham kamaytiriladi.

Chop etishga tayyor

Sinf, o'qituvchi yoki umumiy jadvalni rasm ko'rinishida yuklab olasiz va darhol chop etasiz.

Ro'yxatdan jadvalgacha — oddiy qadamlar

Kirganingizdan keyin tizim har qadamni o'zi ko'rsatib boradi. Qaysi qadam qolgani bosh sahifada doim ko'rinib turadi.

  1. Ro'yxatdan o'tingMaktab nomi, direktor va telefon. 18 ta standart fan va o'quv yili o'zi tayyor bo'ladi.
  2. Sinflarni kiriting5-A, 5-B… va har sinfdagi o'quvchilar soni.
  3. Xonalar ixtiyoriyKiritsangiz, xonalar to'qnashuvi ham tekshiriladi.
  4. O'qituvchilarF.I.O., o'qitadigan fanlari va dars bermaydigan kunlari.
  5. Tarifikatsiyani yuklangExcel fayl — haftalik soatlar o'zi o'qiladi va tekshiriladi.
  6. O'quv reja avtomatikGenerator tarifikatsiyadan o'zi yasaydi. Xohlasangiz, fanga o'qituvchini qo'lda biriktirasiz.
  7. Jadval tayyorGenerator tuzadi, siz ko'rib chiqasiz, kerak bo'lsa surib to'g'rilaysiz va chop etasiz.
Test rejimi

Sayt test rejimida — hozircha to'liq bepul

JADVALCHI hozir maktablar bilan birga sinovdan o'tkazilyapti. Barcha imkoniyatlar ochiq va hech qanday to'lov so'ralmaydi — sizning fikringiz dasturni yaxshilaydi.

0 so'mtest rejimida

Hammasi ochiq

  • Cheksiz sinf, o'qituvchi va jadval versiyasi
  • Tarifikatsiya importi va norma tekshiruvi
  • Qo'lda tahrirlash va chop etish
  • Zavuch va o'qituvchilar uchun alohida kirish
  • Sozlashda telefon orqali yordam
Maktabni ro'yxatdan o'tkazish

Ko'p beriladigan savollar

Tarifikatsiya fayli qanday bo'lishi kerak?

Tuman xalq ta'limi bo'limiga topshiriladigan odatiy Excel fayl (.xls yoki .xlsx). Fan nomlari va soatlar o'zi taniladi, alohida shablon to'ldirish shart emas.

2-smena va guruhga bo'linadigan fanlar hisobga olinadimi?

Ha. Har sinfga smena belgilanadi, 2-smena 1-smena tugagach boshlanadi. 25 va undan ko'p o'quvchili sinflarda ingliz tili, informatika, texnologiya kabi fanlar ikki guruhga bo'linadi va har guruhga alohida o'qituvchi qo'yiladi.

O'qituvchi ayrim kunlari dars bera olmasa-chi?

O'qituvchi kartasida dars bermaydigan kunlarini belgilaysiz — masalan, juma. Generator o'sha kunga uning darsini qo'ymaydi, qo'lda surishda ham tizim ruxsat bermaydi.

Tuzilgan jadvalni keyin o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha. Darsni sichqoncha bilan boshqa soatga surasiz. Agar o'sha soatda o'qituvchi yoki xona band bo'lsa, tizim ruxsat bermaydi va sababini ko'rsatadi. Har o'zgarish tarixga yoziladi.

Maktab ma'lumotlari xavfsizmi?

Har maktab ma'lumoti alohida saqlanadi — boshqa maktab uni ko'ra olmaydi. Parollar shifrlangan holda saqlanadi, ochiq ko'rinishda hech qayerda turmaydi.

Hozir to'lov bormi?

Yo'q. Sayt hozir test rejimida ishlayapti va barcha imkoniyatlar bepul. Kelajakda pullik tarif kiritilsa, oldindan xabar beramiz — ma'lumotlaringiz o'chmaydi va saqlanib qoladi.

Bu yilgi jadvalni JADVALCHI tuzsin

Ro'yxatdan o'tish 2 daqiqa. Tasdiq kutilmaydi — tugmani bosishingiz bilan ishni boshlaysiz.